Emine Erdoʻgʻan ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabrikladi

Birinchi xonim Emine Erdoʻgʻan, ayollarni 8-mart munosabati bilan Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabrikladi.

1956644
Emine Erdoʻgʻan ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabrikladi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning rafiqasi, birinchi xonim Emine Erdoʻgʻan, imkonsizliklarga qaramay ishlab chiqarishdan va kelajakni barpo etishdan voz kechmagan barcha ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabrikladi.

Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir post qoldirdi. Emine Erdoʻgʻan unda quyidagi ifodalarga oʻrin berdi:

“Kelajakga ishonch bilan qaragan jamiyatlarning poydevori - ayollarning kuchidir. Qalb va ongda birlashgan ayollarimizning qat’iyati bilan har qanday qiyinchilikni yengib oʻtishimizga toʻliq ishonaman. Imkonsizliklarga qaramay ishlab chiqarishdan va kelajakni barpo etishdan voz kechmagan barcha ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklayman”.



Aloqador xabarlar