Anqarada 37-Xalqaro musiqa festivali boshlandi

Dasturlarda 13 mamlakatdan kelgan musiqiy guruhlar – jami 355 nafarga yaqin musiqachi chiqish qiladi.

1970604
Anqarada 37-Xalqaro musiqa festivali boshlandi

 

Turkiya poytaxti Anqara shahrida uch yillik tanaffusdan so‘ng qayta tashkil etilgan 37-Xalqaro musiqa festivali boshlandi.

Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, fevral oyida ro‘y bergan zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan mazkur anjuman doirasida 17 ta konsert tashkil etiladi. Dasturlarda 13 mamlakatdan kelgan musiqiy guruhlar – jami 355 nafarga yaqin musiqachi chiqish qiladi.

Festival 28 aprelgacha davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #Anqara , #37-Xalqaro musiqa festivali

Aloqador xabarlar