Ozarbayjonda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” o‘tkaziladi

Joriy yilning 9-12 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi delegatsiyasi “Shusha – Turk dunyosining madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilingani munosabati bilan ayni kunlarda Ozarbayjonda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi.

1986189
Ozarbayjonda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” o‘tkaziladi

 

Joriy yilning 9-12 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi delegatsiyasi “Shusha – Turk dunyosining madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilingani munosabati bilan ayni kunlarda Ozarbayjonda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi.

Xususan, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY), Ozarbayjon Madaniyat vazirligi hamda Haydar Aliyev fondi hamkorligida tashkil etilgan anjuman doirasidagi xalqaro “Haribulbul” festivalida “Navbahor” hamda “Ayqulash” davlat ashula va raqs ansambllari o‘z chiqishlari bilan milliy sanʼatimizni yorqin namoyish etishdi.

Shuningdek, anjuman doirasida turkiy davlatlar oshpaz va xunarmandlari tomonidan ko‘rgazma tashkil etildi. Unda O‘zbekiston oshpazlar va Hunarmandlar uyushmalari vakillari ishtirokida yurtimiz milliy pavilyonining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Milliy stendimizdan joy olgan milliy hunarmandchilik sanʼatining kulolchilik, o‘ymakorlik, kashtachilik kabi xalq amaliy sanʼati buyumlari ko‘rgazmasi, milliy liboslarimiz va oshpazlarimiz tomonidan tayyorlangan palov hamda boshqa milliy taomlarimiz Shusha shahriga tashrif buyurgan mingdan ziyod mehmonlarga taqdim etildi.

Safar davomida O‘zbekiston Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovning Xalqaro turk madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidenti Gunay Efendiyeva bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida ushbu jamg‘arma bilan hamkorlik aloqalarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri Adil Kerimli bilan uchrashuvda joriy yilning iyun-iyul oylarida Baku shahrida “O‘zbekiston madaniyat kunlari”ni o‘tkazishga kelishildi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar