Aktyor Al Pachino 83 yoshida ota bo‘ldi

Bolaning onasi aktyorning 29 yoshli sevgilisi, prodyuser Nur Alfalladir. Al Pachinoning suyuklisi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan va unga juftlik Roman Pachino deb ism qo‘ygan.

2000592
Aktyor Al Pachino 83 yoshida ota bo‘ldi

 

83 yoshli amerikalik aktyor Al Pachino to‘rtinchi bor ota bo‘ldi. 

Ma'lumotga ko'ra, bolaning onasi aktyorning 29 yoshli sevgilisi, prodyuser Nur Alfalladir. Al Pachinoning suyuklisi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan va unga juftlik Roman Pachino deb ism qo‘ygan.

Qayd etilishicha, Al Pachino va Alfalla o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan yilning aprel oyida ma’lum bo‘lgan. Ular Kaliforniyadagi restoranlardan birida tanishgan.

Ma’lumot uchun, Al Pachino 1940 yilning 25 aprelida Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Kino olamidagi debyutini 29 yoshida “Men, Natali” filmidagi ikkinchi darajali rol bilan boshlagan. Muvaffaqiyatli kino karerasidan tashqari, Al Pachino mashhur teatr aktyori hisoblanadi. U faoliyati davomida “Cho‘qintirgan ota”, “Amerika farishtalari”, “Guchchi uyi”, “Ikkinchi imkoniyat”, “Simona”, “Ayol tarovati” filmlari va ko‘plab loyihalarda suratga tushgan. U o‘zini rejissyor sifatida sinab ko‘rib, 1996 yilda Uilyam Shekspirning “Richard III” pesasiga bag‘ishlangan “Richardni qidiryapman” hujjatli filmini suratga olgan. Aktyor “Oskar”dan tashqari, beshta “Oltin globus”, Britaniya kino va televideniye san’ati akademiyasining BAFTA mukofoti, ikkita “Emmi” va ikkitadan “Toni” mukofotiga ega. Bundan tashqari, u kinoga qo‘shgan ulkan hissasi uchun bir qancha faxriy mukofotlar, jumladan, AQSH milliy san’at medali (2012), “Sesil B.DeMill” maxsus mukofoti (2001) va ikkita Venetsiya kinofestivalining sovrindori kabi mukofotlar bilan taqdirlangan.


Tanlangan kalimalar: #Al Pachino

Aloqador xabarlar