Amerikalik san'atkor Kristina Aguilera Turkiyada konsert beradi

7 marta Grammy mukofoti sovrindori bo'lgan amerikalik san'atkor Kristina Aguilera Antaliyadagi Pearl Event maydonida konsert beradi.

2007410
Amerikalik san'atkor Kristina Aguilera Turkiyada konsert beradi

 

7 marta Grammy mukofoti sovrindori bo'lgan amerikalik san'atkor Kristina Aguilera Turkiyada konsert beradi.

Mashhur san’atkor Turkiyadagi ilk konsertini berish uchun Antaliyaga keladi.

Belek turizm markazidagi "Regnum Carya"da qoladigan Aguilera 8 avgust kuni o'zi joylashgan mehmonxonaning 2500 kishiga mo'ljallangan Pearl Event maydonida konsert beradi.

To'rt oktavali ovoz diapazoni va baland notalarni ushlab turish qobiliyati bilan tanilgan amerikalik san'atkor o'zining mashhur qo'shiqlarini ijro etadi.


Tanlangan kalimalar: #Kristina Aguilera

Aloqador xabarlar