O'zbekistonda “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi

Xalqaro festivalga respublikaning barcha hududlaridan, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Turkiyadan jami 200 nafardan ziyod faol yoshlar va talabalar taklif etildi.

2012930
O'zbekistonda “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi

 

O'zbekistonning Qo‘qon shahrida joriy yil 11-15 iyul kunlari “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan festival mamlakat Prezidentining 2022 yil 29 iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ilovasi bilan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilishi belgilangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar Dasturi doirasida o‘tkazildi.

Asosiy tadbirlar Qo‘qon universiteti hududida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan xalqaro festivalga Respublikaning barcha hududlaridan, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Turkiyadan jami 200 nafardan ziyod faol yoshlar va talabalar taklif etildi.

Festival doirasida kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari ham tashkil etildi.

Festival kunlarida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli yoshlarning “Do‘stlik” kechasi, Qo‘qon shahridagi diqqatga sazovor joylarga sayohat, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, Rishtondagi Xalqaro Kulolchilik markazi hamda Uchko‘prik tumanidagi “Mehrigiyo” kichik korxonasi lavanda bog‘lariga tashrif ham ishtirokchi yoshlarga o‘ziga xos kayfiyat ulashdi.

“Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivalining yopilish marosimi va san’at yulduzlari ishtirokidagi gala-konsert O‘rda maydonida bo‘lib o‘tdi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston

Aloqador xabarlar