Irlandiyalik san'atkor Sinead O'Konnor 56 yoshida vafot etdi

BBC xabariga ko'ra, Sinead O'Konnor nomi bilan mashhur bo'lgan qo'shiqchi musulmonlikni qabul qilgach, Shuheda Davit ismini olgan.

2016750
Irlandiyalik san'atkor Sinead O'Konnor 56 yoshida vafot etdi

 

Irlandiyalik qo‘shiqchi Sinead O'Konnor 56 yoshida vafot etdi.

BBC xabariga ko'ra, Sinead O'Konnor nomi bilan mashhur bo'lgan qo'shiqchi musulmonlikni qabul qilgach, Shuheda Davit ismini olgan.

56 yoshli Davitning oilasi va yaqinlari uning vafot etgani haqidagi xabardan chuqur qayg'uga tushganligi bildirildi.

90-yillarda "Nothing Compares 2 U" qo'shig'i bilan dunyo miqyosida shuhrat qozongan va yakkaxon albomlari bilan birga xayriya konsertlari bilan ham nomini tanitgan Davit hozirgacha 10 ta albom chiqargan.

Davit 2018 yilda musulmon bo'lganini e'lon qilgandi.

"Men musulmon ekanimdan faxrlanaman. Bu har qanday ziyolining tabiiy xulosasi. Barcha muqaddas kitoblar bizni Islomga yetaklaydi. Islom boshqa barcha muqaddas kitoblarni keraksiz qiladi",-degandi u.

Irlandiyalik qo'shiqchi islomni qabul qilganidan keyin yangi ism olishini va bundan buyon "Suheda Davitt" ismini qo'llashini aytgandi.


Tanlangan kalimalar: #Sinead O'Konnor

Aloqador xabarlar