Bakuda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” bo'lib o'tadi

Mazkur tadbir ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar doirasida o‘tkazilmoqda.

2018680
Bakuda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” bo'lib o'tadi

 

Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida 1-4 avgust kunlari “O‘zbekiston madaniyat kunlari” bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar doirasida o‘tkazilmoqda.

Tadbirlar dasturidan o‘zbekistonlik taniqli san’atkorlar ishtirokida katta konsert dasturi, Ozarbayjon Milliy kutubxonasi binosida tashkil etilgan “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” burchagining ochilish marosimi, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” asarining ozarbayjon tilidagi kitobi taqdimoti, milliy oshpazlik va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, O‘zbekiston teatr jamoalari ishtirokidagi spektakllar namoyishi o‘rin olgan.

“O‘zbekiston madaniyat kunlari” qardosh Ozarbayjon jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otmoqda va bu yerda hozirlik qizg‘in. Mahalliy ommaviy axborot vositalari bu haqda ko‘p yozmoqda.  

O'zbekistondan borib tadbirlarda ishtirok etuvchilarning asosiy qismi bugun Baku shahriga yetib kelishadi. Asosiy tadbirlar ertadan boshlanadi.  


Tanlangan kalimalar: #Baku , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar