O‘zbekistonlik shoirning kitobi Turkiyada chop etildi

Bugun, 4 avgust kuni, soat 14:00 da Alanya shahridagi Yozuvchilar jamiyati binosida turkiyalik kitobsevarlarga mazkur kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi.

2020040
O‘zbekistonlik shoirning kitobi Turkiyada chop etildi

 

Turkiyaning nufuzli nashriyotlaridan biri "Baygenç Yayıncılığı" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va publitsist Olimjon O‘sarovning "Aşktan Bir Dünya Kuracağim" (Muhabbatdan Vatan quraman) nomli kitobini turk tilida nashr qildi.

Kitobdan shoirning Vatan, istiqlol, muhabbat mavzusidagi turkum she’rlari o‘rin olgan.

Bugun, 4 avgust kuni, soat 14:00 da Alanya shahridagi Yozuvchilar jamiyati binosida turkiyalik kitobsevarlarga mazkur kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar, noshirlar va tarjimonlar, jamoat arboblari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Kitob haqida ma’lumot:

Noshir va muharrir – Arslan Bayir

Tarjimon – Dilfuza Miskin

Rassom – Senixa O‘zdil.

Kitob 10000 nusxada chop etilgan.


Tanlangan kalimalar: #Olimjon O‘sarov , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar