O‘zbek adibining asari Turkiyada bir necha tilga tarjima qilinadi

Istanbul shahridagi “Paradigma akademiyasi nashrlari” uluslararo nashriyotida o‘zbek adibi Xolmuhammad Karimiyning “Samarqand fasli” kitobi chop etildi.

2021146
O‘zbek adibining asari Turkiyada bir necha tilga tarjima qilinadi

 

O‘tgan yil Istanbul shahridagi “Paradigma akademiyasi nashrlari” uluslararo nashriyotida o‘zbek adibi Xolmuhammad Karimiyning “Samarqand fasli” kitobi chop etilgan edi. Shu munosabat bilan nashriyot muallifni Turkiyaga taklif qildi. Ikki tomonlama uchrashuvda mazkur asarni boshqa tillarga tarjima qilish masalasi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Turk adabiyoti jamg‘armasi boshqaruv kengashi raisi Serxat Qoboqli bilan Xolmuhammad Karimiy o‘rtasida kechgan “Turk dunyosi adabiyoti istiqboli” mavzusidagi adabiy suhbat asosida maxsus maqola tayyorlandi.  

Turk xalqlari adabiyotiga bag‘ishlangan, bugungi kunning qator dolzarb masalalari muhokama qilingan, ayrim muammolar tahlil etilgan ushbu muloqot “Turk adabiyoti” jurnalining 600 sahifadan iborat 50 yillik yubiley sonidan joy oldi.  

Jamg‘arma muassisligidagi mazkur nashrda butun turk dunyosi adabiy hayotidan ma’lumotlar berib boriladi.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar