Turk musiqa san’atining yorqin yulduzi Erkin Koray vafot etdi

San'at hayoti davomida ko'plab mukofotlarga loyiq ko'rilgan Erkin Korayning vafoti munosabati bilan Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an ta'ziya bildirdi.

2021465
Turk musiqa san’atining yorqin yulduzi Erkin Koray vafot etdi

 

Anadolu rok musiqasining afsonaviy nomi Erkin Koray vafot etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bir muddat Kanadada istiqomat qilayotgan 82 yoshli san'atkor yotkizilgan kasalxonada olamdan o‘tdi.

Erkin Koray ijodiy hayoti davomida ko‘plab original asarlar yaratdi. San’atkor Anadolining madaniy merosini asrab-avaylash, ko‘plab xalq qo‘shiqlarini qayta tartiblash va tomoshabinlarga tanishtirishga ham hissa qo‘shgan.

San'at hayoti davomida ko'plab mukofotlarga loyiq ko'rilgan Korayning vafoti munosabati bilan Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an ijtimoiy tarmoq orqali ta'ziya bildirdi.

“Turk musiqa san’atining dugonalaridan biri Erkin Koray vafot etganidan boxabar bo'ldim. Marhumga Allohdan rahmat, oila a’zolari, barcha muxlislari va san’at ahlimizga hamdardlik bildiraman”,-deb ta'ziya bildiradi Turkiya prezidenti.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi Raisi Numan Kurtulmush, Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, Sog’liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja va Turkiya prezidenti devonining Axborot-kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahrettin Altun kabi davlat rasmiylari ham ta’ziya bildirishdi.


Tanlangan kalimalar: #Erkin Koray

Aloqador xabarlar