Ingliz san'atkor Robbie Uilyams Turkiyada konsert beradi

Bu uning Turkiyadagi ilk konserti bo'lib hisoblanadi. Konsert chiptalari 17 ming 600 liradan sotilgani ma’lum qilindi.

2024479
Ingliz san'atkor Robbie Uilyams Turkiyada konsert beradi

 

Dunyoga mashhur ingliz qo'shiqchi va bastakor Robbie Uilyams 17 avgust kuni Turkiyaning turistik Bodrum shahrida konsert beradi.

Bu uning Turkiyadagi ilk konserti bo'lib hisoblanadi.

Uilyams 17 avgust kuni Bodrumdagi mehmonxonada sahnaga chiqadi.

Konsert bo'lib o'tadigan mehmonxona saytida berilgan bayonotda, mehmonxonada qolganlar konsertga bepul qatnashishi, mehmonxonadan tashqaridan kelmoqchi bo'lgan muxlislar esa onlayn orqali chipta olishlari ta'kidlangan. 

Shuningdek, konsert chiptalari 17 ming 600 liradan sotilgani ma’lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Robbie Uilyams

Aloqador xabarlar