Qirg‘izistonda “Meykin Osiyo” xalqaro musiqa festivali boshladi

Qirg‘izistonning Issiq-Ko‘l sohilidagİ Cho‘lpon-Ota shahrida “Meykin Osiyo” Xalqaro musiqa festivali boshladi.

2026895
Qirg‘izistonda “Meykin Osiyo” xalqaro musiqa festivali boshladi

Qirg‘izistonning Issiq-Ko‘l sohilidagi Cho‘lpon-Ota shahrida uyushtirilgan va “Meykin Osiyo” deb nomlangan III Xalqaro musiqa festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda soʻzlagan nutqida Qirgʻiziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Oltinbek Maqsutov, festival eng nufuzli musiqa tadbirlaridan biriga aylanganini qayd etdi.

Maqsutov mazkur festival iste’dodli yosh xonandalarning ijodi va jahon miqyosida shuhrat qozonishiga hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) Bosh kotibi Sulton Rayev, ilk festival 2013-yili o‘tkazilganini yodga solib,

“Meykin Osiyo xalqaro musiqa festivali men uchun alohida o‘rin tutadi. Chunki, bu festival Turk dunyosidagi zamonaviy musiqa, do‘stlik, go‘zallik va motivatsiya festivalidir”. – deya gapirdi.

Qirg‘iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi tomonidan tashkil etilgan festival Qirg‘iziston hukumati, Issiq-Ko‘l gubernatorligi, Qirg‘iziston Davlat radio va televideniye korporatsiyasi va TURKSOY tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Festivalda Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatkan artist Aktan Isabayev yetakchiligidagi hakamlar hay’ati a’zoligini turkiyalik bastakor Selim Chaldiran, Shimoliy Makedoniyadan Butunjahon festivallar uyushmasi raisi Maryan Katarovski, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatkan artist Baxtiyor Taylakbayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatkan artist Nodir Sidiqov, rossiyalik prodyuser Vadim Huseinov tomonidan amalga oshirildi.

Festivalda Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Vengriya, Turkiya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKKR), Bosniya va Gersegovina, Rossiya, Bolgariya, Shimoliy Makedoniya, Sloveniya, Serbiya kabi davlatlardan 18-35 yoshdagi iqtidorli yosh xonandalar ishtirok etmoqda.

Qirg‘izistonni jahon madaniyati va turizm sohasiga integratsiya qilishni maqsad qilgan festivalning yakuniy, taqdirlash marosimi va gala-konserti bugun bo‘lib o‘tadi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qirg‘iziston , #Meykin Osiyo , #festival

Aloqador xabarlar