Istanbuldagi tarixiy makonlar Gʻalaba bayrami munosabati bilan yoritildi

Bundan roppa - rosa 101 yil muqaddam yani 1922 - yili Turk armiyasi Ozodlik kurashida g‘alabaga erishdi va bu g‘alaba Mustaqil Turkiya Respublikasining tashkil topishiga imkon yaratdi.

2031125
Istanbuldagi tarixiy makonlar Gʻalaba bayrami munosabati bilan yoritildi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan 30 - avgust Gʻalaba bayrami va Turk Qurolli kuchlari kuni munosabati bilan Istanbuldagi tarixiy makonlar yoritildi.

Galata minorasi, Haydarpasha vokzali, Dolmabahche saroyi eshigi, Beyazit oʻt oʻchirish minorasi, Kuleli harbiy litseyi va Beshiktosh dengiz muzeyida chiroqlar orqali yengil rasm texnikasi yordamida Turk bayrogʻi aks ettirildi.

Bosfor bo‘g‘ozidagi Kuleli harbiy litseyi oldida salyut otildi.



Aloqador xabarlar