Nyu - Yorkda "Turkiya asri" ga e'tibor qaratildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 78 - sessiyasi boʻlib oʻtayotgan Nyu - Yorkdagi markaz koʻchalar bilan Times maydonidagi LED ekranlarda, Turkiya asri va Respublikaning 100 – yilligiga e’tibor qaratildi.

2039402
Nyu - Yorkda "Turkiya asri" ga e'tibor qaratildi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi koordinatsiyasida olib borilgan Respublikaning 100 – yilligi tadbirlari doirasida “Turkiya asri” (Türkiye Yüzyılı), Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu - York shahrida tanishtirildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 78 - sessiyasi boʻlib oʻtayotgan Nyu - Yorkdagi markaz koʻchalar bilan Times maydonidagi LED ekranlarda, Turkiya asri va Respublikaning 100 – yilligiga e’tibor qaratildi.

Shu doirada Times maydonidagi LED ekranlarda Turkiya bayrogʻi bilan “Turkiya asri boshlamoqa” (Türkiye Yüzyılı başlıyor) degan yozuvlar aks etar ekan, ushbu loyiha haqida ma’lumotlar oʻrin olgan LED ekranli pikaplar esa, Nyu - Yorkning gavjum koʻchalarida sayohat qildi.

Pikaplardagi tanishtiruv 100 – yil marshi hamrohligida uyushtirilar ekan, ularning LED ekranlarida: “Oʻtmishdan kelajak tomon, istiqboldan istiqlolga” degan shiorlar bilan Turkiya asrining tinchlik, barqarorlik, kelajak va adolat asri ekani taʼkidlandi.

Tasvirlarda Turkiyaning mudofaa sanoati, texnologiya va transport kabi sohalardagi yutuqlariga ham o‘rin oldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya asri , #BMT , #Nyu - York , #Times maydoni

Aloqador xabarlar