Dunyoga mashhur "Gipsy Kings" guruhi Istanbulda konsert berdi

Istanbuldagi "Zorlu PSM"da taxminan bir yarim soat davom etgan konsert dasturi olqishlar bilan yakunlandi.

2039949
Dunyoga mashhur "Gipsy Kings" guruhi Istanbulda konsert berdi

 

Dunyoga mashhur rumba, flamenko va salsa guruhi "Gipsy Kings" Istanbulda konsert berdi.

Piu Entertainment kompaniyasining 10-yillik yubileyi doirasida "Zorlu PSM"da "Gipsy Kings by Andre Reyes" nomi bilan chiqish qilgan guruh, "Djobi Djoba", "Bamboleo", "Baila Baila", "La Dona", "No Volvere", "Bem Bem", "Mariya", "Volare" va "Un Amor" nomli qo'shiqlarini ijro etdi.

Asoschilaridan biri boʻlgan gitarachi va vokalist Andre Reyesga gitarada Tomas Reyes, Kakou Reyes va Mario Reyes, bas gitarada Denni Marta, klaviaturada Fred Breton, zarbli cholgʻularda Gilerme Alves va Jozef Kortes hamrohlik qildi.

Taxminan bir yarim soat davom etgan konsert olqishlar bilan yakunlandi.

Bu yil guruh 17-iyun kuni Istanbul "Volkswagen Arena"da, 18-iyun kuni poytaxt Anqaradagi "ATO Kongresiumi"da “Nicola Reyes ishtirokidagi Lo‘lilar qirollari” nomi ostida konsert bergandi.

1978 yilda Fransiyada tashkil etilgan "Gipsy Kings" guruhining musiqiy albomlari dunyo bo'ylab 60 milliondan ko'p sotilgan.


Tanlangan kalimalar: #Gipsy Kings

Aloqador xabarlar