Farg‘ona viloyati hokimiga TURKSOY medali topshirildi

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY va Farg‘ona viloyati o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda.

2045118
Farg‘ona viloyati hokimiga TURKSOY medali topshirildi

 

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY va Farg‘ona viloyati o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda.

Turkiy davlatlar xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni kuchaytirish maqsadida iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy va boshqa jabhalarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 11-15 iyul kunlari Qo‘qon shahrida “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. 

Ayni kunlarda Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tayotgan ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida viloyatda “Turkiy dunyo opera kunlari” hamda “Turkiy dunyo moda haftaligi” tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarda Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti bosh kotibi Sultanbay Rayev ishtirok etdi. 

Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda turkiy davlatlar o‘rtasida san’at va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOYning medali topshirildi. 


Tanlangan kalimalar: #TURKSOY

Aloqador xabarlar