Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Klaudiya Goldinga berildi

Ayollarning mehnat bozoridagi o‘rnini o‘rgangan Harvard universiteti iqtisodchisi 77 yoshli Klaudiya Goldin 2023 yilgi iqtisod bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi.

2048413
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Klaudiya Goldinga berildi

 

Ayollarning mehnat bozoridagi o‘rnini o‘rgangan Harvard universiteti iqtisodchisi 77 yoshli Klaudiya Goldin 2023 yilgi iqtisod bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi.

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha bu yilgi g‘olib Klaudiya Goldin asrlar davomida ayollarning daromadlari va mehnat bozoridagi ishtiroki haqida birinchi bo‘lib to‘liq ma’lumotni taqdim etdi. Uning tadqiqotlari mehnat bozoridagi gender farqlarining asosiy omillarini ochib berdi.

Ayollar jahon mehnat bozorida juda kam ulushga ega va erkaklardan ko‘ra kamroq daromad ko‘radi. Iqtisodchi arxivlarni o‘rganib chiqib, AQSh misolida 200 yillik ma’lumotlarni to‘pladi, bu unga vaqt o‘tishi bilan daromadlar va bandlik darajasidagi gender farqlari qanday va nima uchun o‘zgarganini ko‘rsatishga imkon berdi”,-deyiladi Shvetsiya Fanlar akademiyasi xabarida.

Ma’lumot uchun, Klaudiya Goldin 1946 yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. U falsafa doktori, Garvard universiteti professori sanaladi.

Iqtisodiyot bo‘yicha mukofot fiziologiya va tibbiyot, kimyo, fizika, adabiyot va tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotlaridan farqli o‘laroq, Alfred Nobelning o‘zi emas, balki 1968 yilda Shvetsiya Milliy banki tomonidan ta’sis etilgan. Iqtisodiyot bo‘yicha joriy mukofot 1969 yildan beri 55-marta beriladi.


Tanlangan kalimalar: #Nobel , #Klaudiya Goldin

Aloqador xabarlar