Toshkentda “Usmoniylar imperiyasida diplomatiya va mehmondorchilik” ko‘rgazmasi tashkil etildi

Ushbu ko'rgazma Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, u Turkiya Respublikaning yuz yillik yubileyiga bag'ishlangan.

2061115
Toshkentda “Usmoniylar imperiyasida diplomatiya va mehmondorchilik” ko‘rgazmasi tashkil etildi

 

Toshkentda “Usmoniylar imperiyasida diplomatiya va mehmondorchilik” nomli yirik koʻrgazma tashkil etildi.

Ushbu ko'rgazma Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, u Turkiya Respublikaning yuz yillik yubileyiga bag'ishlangan.

Namoyishda Usmoniylar imperiyasi tashkil topganidan to XIX asrgacha boʻlgan diplomatik rasm-rusum, siyosiy faoliyat aks etgan. Fransiya, Shvetsiya-Norvegiya, Yaponiya, Germaniya, Eron hukmdorlari, sulola aʼzolarining Istanbulga tashriflari tafsiloti yozma va koʻrgazmali hujjatlar yordamida bayon etilgan.

Tashrif buyuruvchilarga bugungi kunda Turkiyada qishloq xoʻjaligi, sanoat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, transport, demokratik huquq va erkinlik kabi xalq turmush darajasini koʻtaradigan koʻplab sohalar rivojlanayotgani, bu jarayonda mamlakat boy tarixining oʻrni beqiyos ekani xususida hikoya qilingan.

Koʻrgazmada Usmonli imperiyasi oʻzidan oldingi Turk-Islom davlatlaridagi mavjud diplomatik rasm-rusumni davom ettirgan holda, mamlakatlar bilan munosabat oʻrnatish jarayonida baʼzi yangiliklar joriy qilib, oʻziga xos diplomatiya yaratgani haqida ham soʻzlaydi.

Shu bilan birga Usmoniylar diplomatiya anʼanasini dunyo miqyosida qabul qilingan odamga uygʻun tarzda davom ettirgan. Masalan, XIX asrda Istanbulga turli mamlakatlardan xorijiy sulola vakillari, davlat arboblari tashrif buyurgan.

Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, Yulduz texnika universiteti Sulton Abdulhamid II nomidagi ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tayyorlangan “Usmoniylar imperiyasida diplomatiya va mehmondorchilik” koʻrgazmasi 4-noyabrda o'z nihoysiga yetdi.

"Respublikaning 100-yilligi keng nishonlanayotgan bir payt Toshkentda namoyish etilayotgan koʻrgazma tariximiz va madaniyatimiz oʻxshashligidan dalolat",– deyiladi elchixona xabarida.

Qayd etish kerak, koʻrgazma katalogi Usmoniylar diplomatiyasi toʻgʻrisidagi manbalarni jahon merosiga hadya etish va zamonaviy Turkiya diplomatiyasi anʼanalarini yoritish nuqtayi nazaridan alohida ahamiyatga ega ijod mahsulidir.



Aloqador xabarlar