Erdo‘g‘an «Men Aybuke, o‘qituvchi bo‘ldim!» filmining premyerasida ishtirok etdi

Prezident Erdo‘g‘an shahid o‘qituvchi Aybuke Yalchin xotirasiga bag‘ishlab sur’atga olingan «Men Aybuke, o‘qituvchi bo‘ldim!» filmining premyerasida ishtirok etdi .

2068437
Erdo‘g‘an «Men Aybuke, o‘qituvchi bo‘ldim!» filmining premyerasida ishtirok etdi

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) hamkorligida sur’atga olingan va 24 - noyabr O‘qituvchilar kuni munosabati bilan bugun kino ixlosmandlari e’tiboriga havola qilinuvchi «Men Aybuke, o‘qituvchi bo‘ldim!» (Aybüke; Öğretmen oldum ben!) filmining premyerasi kecha poytaxt Anqaradagi Beshtepe Xalq kongress va madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.

Prezident Erdo‘g‘an mazkur filmni turmush o‘rtog‘i Emine Erdo‘g‘an, shahid o‘qituvchi Aybuke Yalchinning onasi Zehra, otasi Sadik, ukasi Aybars Yalchin va film aktyorlari bilan birgalikda tomosha qildi.

Film yakunida rafiqasi Emine Erdo‘g‘an bilan sahnaga chiqqan Prezident Erdo‘g‘anga, shahid o‘qituvchining oilasi tomonidan Aybuke Yalchinning shaxsan o‘zi foydalangan turk musiqa asbobi «bag‘lama» sovg‘a qilindi.

TRT Bosh direktori Mehmet Zahid Sobaji ham Aybuke Yalchinning ramziy suratida qo‘llangan ramziy qizil ro‘mol bilan uning «bag‘lama»sining minyaturasini birinchi xonim Erdo‘g‘anga taqdim etdi.

Filmning ssenariy muallifi Ug‘ur Kilich va Ozan Bodur, rejissyori esa Murat O‘nbul.



Aloqador xabarlar