Turkiyada o‘zbekcha-turkcha lug‘at chop etildi
Ushbu keng hajmli lug‘at professor Hikmet Ko‘rash, professor Fatma Achik va filologiya fanlari doktori Zamira O‘zturk hamkorligida tayyorlangan.
2098426
Turkiyaning "Nobel" nashriyotida "O‘zbekcha-turkcha" lug‘at nashrdan chiqarildi.
Ushbu keng hajmli lug‘at professor Hikmet Ko‘rash, professor Fatma Achik va filologiya fanlari doktori Zamira O‘zturk hamkorligida tayyorlangan.
Yetti yillik izlanishlar natijasida tayyorlangan lug‘at tarjimonlar, akademik davralar uchun so‘nggi yillarda yaratilgan mukammal so‘z yordamchisi bo‘lib xizmat qiladi.
Lug‘atdagi o‘zbekcha so‘zlar O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan ham kirilcha, ham lotincha alifbolarda berilgan.