Matbuot sharhlari 15.06.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1658295
Matbuot sharhlari 15.06.2021

Vatan gazetasi: Prezident Erdogan: Bayden bilan kelishib oldik. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden bilan samarali uchrashuv o‘tkazganini ifoda etdi. Erdo‘g‘an, “Samarali hamkorlikka ehtiyoj tug‘ilgan sohalarda janob Bayden va hay’ati bilan uchrashdik. To‘g‘ridan - to‘g‘ri muloqat kanallarida kelishib oldik”. - dedi

Star gazetasi: Erdogan dunyoga elon qildi va “Biz kutgan yordamni kormadik”. - dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha NATOga videomurojaat yubordi. “Chegaradan tashqarida olib borgan amaliyotlarimiz natijasida 4 mingga yaqin DEAShga a’zo terroristni yo‘q qildik. Terrorning har qanday turiga qarshi olib borgan kurashimizda afsuski ittifoq va sheriklarimizdan biz kutgan yordam va birdamlikni ko‘rmadik”. - dedi.

Hürriyet gazetasi: Antaliyada aviaqatnovlar soni ortdi. Antaliyaga 8 kunda 120 ming sayyoh keldi. Fraport TAV Antaliya aeroporti rahbari Bilgihan Yilmaz Germaniya, Ukraina va Polshadan kelgan yo‘lovchilar sonining ortganini bildirdi.  

Sabah: Milliy elektrikli poyezd kelmoqda. Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘lu, milliy elektrikli poyezd haqida, “Sinovlardan o‘tkazib, poyezdimizni bu yil davomida xizmatga topshiramiz”. - deya gapirdi.

Haber Türk gazetasi: Avtomobil ishlab chiqarish va eksport hajmi ortdi. Turkiyada yanvar - may oylarida avtomobil ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28 foizga oshdi va 532 ming 441 donaga yetdi. Huddi shu davrda, avtomobil eksporti dona bazasi bo‘yicha 18 foizga ortgan holda 391 ming 70 donaga yetdi.

 



Aloqador xabarlar