2016 Yevropa futbol chempionatiga katta tayyorgarlik ketmoqda

2016 Yevropa futbol chempionati EURO 2016 saralash guruhi musobaqalari yakunida Turkiya milliy terma jamoasi Fransiyadagi finallarga to’g’ridan qatnashish haqqini qo’lga kiritdi.

392363
2016 Yevropa futbol chempionatiga katta tayyorgarlik ketmoqda

2016 Yevropa futbol chempionati EURO 2016 saralash guruhi musobaqalari yakunida guruhida dastlabki 2 o’rinni olgan 18 jamoa bilan Turkiya Fransiyadagi finallarga to’g’ridan qatnashish haqqini qo’lga kiritdi.
EURO 2016 saralash musobaqalari A, B va H guruhlarida o’tkazilgan 9 match bilan yakunlandi.
9 guruhda o’tkazilgan saralash musobaqalari natijasida guruhida dastlabki 2 o’rinni olgan va EURO 2016 ga to’g’ridan qatnashish haqqiga muyassar bo’lgan davlatlar quyidagilar; “Chexiya Respublikasi, Izlandiya, Belgiya, Galler, Ispaniya, Slovakiya, Germaniya, Polsha, Angliya, Shveysariya, Shimoliy Irlandiya, Ruminiya, Avstriya, Russiya, Italiya, Horvatiya, Portugaliya va Albaniya.
Saralash guruhi matchlari natijasida EURO 2016 uchun play-off o’ynaydigan 8 davlat quyidagilar; B guruhida Bosniya Gersegovina, J guruhida Ukraina, D guruhida Irlandiya, E guruhida Sloveniya, F guruhida Mojariston, G guruhida Shvetsiya, H guruhida Norvegiya va I guruhida esa Daniya.
EURO 2016 finallari uchun 2015 yilning 12 dekabr kuni qura tashlanadi. Bu Fransiyaning poytaxti Parijda bo’lib o’tadi. Fransiya mezbon bo’lgani uchun to’g’ridan A guruhida birinchi jamoa sifatida o’rin oladi. Turkiya esa, 4-jamoa qatorida musobaqalarga qatnashadi. Turkiya milliy terma jamoasi bilan birga jami 20 jamoaga play-off matchidan keyin ma’lum bo’ladigan 4 jamoaning qo’shilishi bilan turnirga qatnashgan butun jamoalar aniqlanadi.
EURO 2016 da ushbu 24 jamoa 4 tadan bo’lib, jami 6 guruhga bo’linadi. Keyingi bosqichlarda yakkama-yakka saralash musobaqalari boshlanadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar