Turk Miliy Jamoasining muvaffaqiyati...

Turk Milliy Jamoasi 2016 Yevropa saralash musobaqalarini muvaffaqiyat bilan yakunladi.

392634
Turk Miliy Jamoasining muvaffaqiyati...

Turk Milliy Jamoasi uchun yomon boshlagan 2016 Yevropa chempionati saralash matchi yaxshi nihoyasiga yetdi. Turkiya Futbol Murabiysi Fatih Terim boshchiligidagi A Milliy Jamoasi, daslab bal boy berishga boshladi va 8-matchdan beri mag'lubiyatga uchramadi. Musobaqalarni ko'taringi kayfiyat bilan boshlash imkoni bo'lmagan va ilk 3 matchda faqat 1 bal olishga muvaffaq bo'lgan, 6- match o'tganda esa 8 bal olgan jamoa, so'ngi 3 matchda 9 bal olishga muvaffaq bo'lib takror yuksaldi.

2014- yili Sentabr oyi saralash turining ilk matchni qarshi maydonda Islandiya bilan bellashgan A Milliy Jamoasi, ushbu musobaqani 3-0 hisobida boy berar ekan, ikkinchi matchda Istanbulda bellashgan Chexiya Respublikasiga 2-1 mag'lub bo'lib, uchinchi matchida esa qarshi maydonda Latviya bilan 1-1 hisobida qoldi. Noyabr oyidagi ilk zafarini Qozog'istonni o'z qal'asida 3-1 hisobida mag'lub etgan milliy jamoa, 28-Mart kuni raqibining stadionidagi matchda Niderlandiya bilan uzatilgan daqiqalardagi gol bilan 1-1 hisobida qoldi. Undan keyin guruhdagi 6-matchini qarshi maydonda Qozog'istonni 1-0 mag'lub etgan miliy jamoa, Koniyada 7- Latviya bilan 1-1 bo'lgan edi. Turk jamoasi o'z navbati bilan 6-Sentabr kuni Niderlandiyani Koniyada 3-0, 10-Oktyabr kuni Chexiya Respublikasini qarshi maydonda 2-0 va 13 Oktyabr kuni Islandiyani Koniyadagi matchda 1-0 bilan kuchli guruhni 3 machda ham mag'lub etib yakunladi. Shunday qilib miliy jamoa eng yaxshi 3- guruh sifatida Fransiyadagi finallarga to'g'ridan ishtirok etish haqqini qo'lga kiritdi.

Natijada Turk Milliy Jamoasi o'z yo'lidan qaytmadi. Euro 2016 da Fransiyadagi Turklarning ham tribunda bo'lishini inobatga olinsa katta muvaffaqiyatlar qo'lga kiritishi mumkin, chunki Turk jamoasi 2000- yili Niderlandiya va Belgiyaning mushtarak uyushtirgan finallarda murabiy Mustafa Deniz bilan choyrak finallarga chiqgan, keyinchalik Fatih Terim boshchiligida qatnashgan Euro 2008 da esa g'alaba qo'lga kiritib yarim finalga ko'tarilgan va Yevropa chempionatini eng yaxshi daraja bilan o'tgan.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar