Turkiya nafaqat 3-o’rinni balki "eng yaxshi 3-o’rin"ni egalladi

Turklarga, “2016 Yevropa chempionligi” safarida Qozog’iston Latviyani yengishi orqali yordam berdi.

392372
Turkiya nafaqat 3-o’rinni balki "eng yaxshi 3-o’rin"ni egalladi

Qoniyaning Torku arena stadionida o’tkazilgan musobaqada Islandiyani 1-0 hisobida yengan Turkiya milliy futbol terma jamoasi, Fransiyada o’tkaziladigan 2016 Yevropa chempionligida to’g’ridan to’g’ri ishtirok etish haqqi qozondi.

2016 Yevropa futbol chempionligi (EURO 2016) saralash guruh bo’sqichining 10-tur va oxirgi hafta uchrashuvlari ortidan ilk 2 o’rinni qo’lga kiritgan Chexiya va Islandiyadan keyin “eng yaxshi 3-o’rinni” qo’lga kiritgn Turkiya, finalda ishtirok etish haqqi qozondi.

Turkiya, gruhning oxirgi uchrashuvida Islandiyani mehmon qildi. 62-daqiqada o’yinga kirgan Go’khan To’re 78-daqiqada qizil kartochka tufayli o’yindan chiqarildi. Shunday qilib milliy terma jamoamiz 10 kishi olaroq o’yinni davom ettirdi. Selchuk Inan 89-daqiqada erkin zarbida otgan goli orqali hisobni 1-0 deb hisoblatdi.

Turkiya, Latviya-Qozog’iston musobaqasining natijasini to’rt ko’z bilan kutayotgan edi. Musobaqa 65-daqiqada Kuat otgan gol orqali 1-0 hisobida yakunlandi va o’yinda Qozog’iston g’olib keldi.

Shunday qilib Islandiya musobaqasidan avval 9 balga ega bo’lgan Turkiya, Qozog’iston jamoasining Latviyani mag’lub etib, jamoani oxirgi o’rinlarga tushirishi natijasida gruh orasida oxirgi o’rinni egallaganlarning ballarini tushirib 16 ballni qo’lga kiritdi. Evaziga esa nafaqat 3-o’rinni balki “eng yaxshi 3-o’rin” egasiga aylandi.

“Eng yaxshi 3-jamoa” kvotasidan EURO 2016 chiptasini qozongan milliy terma jamoamiz, 1996-, 2000- va 2008-yildan keyin 4-marotaba Yevropa futbol chempionligida ishtirok etishga muyassar bo’ldi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, ijtimoiy media hisobi orqali, Islandiyani 1-0 hisobida yengib, Fransiyada o’tkaziladigan 2016 Yevropa futbol chempionligida (EURO 2016) to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etish uchun yo’llanma qozongan Turkiya milliy terma jamoasini tabrikladi.

Erdog’an, rasmiy twitter hisobidan, “Bu qayg’uli kunlarimizda bizlarni ayni hursandchilik doirasida birlashtirgan Milliy jamoamizni va Fatih Terimni tabriklayman. Rahmat!” dedi.

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li ham Turkiya futbol direktori Fatih Terimga qo’ng’iroq qilib, tabrik so’zlarini yetkazdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar