EVRO-2024: Fransiya Irlandiyani 1:0 hisobida mag'lub etdi

Futbol bo‘yicha 2024-yilgi Yevropa chempionati (EVRO-2024) saralash bosqichining ikkinchi haftasi 8 ta o‘yin bilan davom etdi.

1965907
EVRO-2024: Fransiya Irlandiyani 1:0 hisobida mag'lub etdi

 

Futbol bo‘yicha 2024-yilgi Yevropa chempionati (EVRO-2024) saralash bosqichining ikkinchi haftasi 8 ta o‘yin bilan davom etdi.

Saralashning ikkinchi haftasida B, E, F va G guruhlarida o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

“B” guruhida Irlandiya mehmoni bo‘lgan jahon chempionatining so‘nggi finalchisi Fransiya 50-daqiqada Benjamin Pavarning goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ikki o‘yin yakunida ochkolari sonini 6taga yetkazgan Fransiya guruhdagi peshqadamligini saqlab qoldi.

Guruhning boshqa o‘yinida Niderlandiya Gibraltarni 23-daqiqada Memfis Depay, 50 va 82-daqiqalarda Natan Ake to‘rni silkitib, 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Saralash bosqichida 4 ta guruhda o‘tkazilgan o‘yinlar natijalari:

B guruhi

Irlandiya – Fransiya: 0:1

Niderlandiya – Gibraltar: 3:0

E guruhi

Moldova – Chexiya: 0:0

Polsha – Albaniya: 1:0

F guruhi

Shvetsiya – Ozarbayjon: 5:0

Avstriya-Estoniya: 2-1

G guruhi

Chernogoriya-Serbiya: 0-2

Vengriya – Bolgariya: 3:0


Tanlangan kalimalar: #EVRO-2024

Aloqador xabarlar