Mete Gazoz bronza medalini qo‘lga kiritdi

Turk milliy sportchisi Mete Gazoz bronza medalini qo‘lga kiritdi.

1972056
Mete Gazoz bronza medalini qo‘lga kiritdi

Milliy kamonchi Mete Gazoz Angliyada uyushtirilgan “Gran Pri Ovrupa 1-o‘yin” musobaqalarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Turkiya Kamondan otish federatsiyasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Lilleshall shahrida o‘tkazilgan musobaqada klassik kamon bo‘yicha erkaklar o‘rtasida uyushtirilgan chorak finalda Mete Gazoz nemis Feliks Vizerni 6-0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l olgan.

Yarim finalda niderlandiyalik Stiv Viyler bilan kuch sinashgan oy yulduzli sportchi, raqibiga 6:4 hisobida imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.

Mete Gazoz bronza medali uchun germaniyalik Maksimilian Vekmyuller bilan jang qildi. Raqibini 7:3 hisobida mag‘lub etgan Mete, bronza medal sohibi bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #milliy sportchi , #Mete Gazoz , #bronza medal

Aloqador xabarlar