Maykl Jordanning krossovkasi 2,2 million dollarga sotildi

Afsonaviy basketbolchi Maykl Jordanning krossovkasi auksionda naq 2,2 million dollarga sotildi. Bu rekord darajadagi yuqori narx hisoblanadi.

1973586
Maykl Jordanning krossovkasi 2,2 million dollarga sotildi

 

Afsonaviy basketbolchi Maykl Jordanning krossovkasi auksionda naq 2,2 million dollarga sotildi. Bu rekord darajadagi yuqori narx hisoblanadi.

Air Jordan 13 Maykl Jordanning savdoga qo‘yilgan eng qimmat buyumiga aylandi.

Sotheby’s kimoshdi savdo uyi uni 2 dan  4 million dollargacha baholagan edi.

Ushbu savdo Jordanga auksionga qo‘yilgan esdalik sport buyumlari bo‘yicha eng qimmat sportchi maqomini beradi.

Sportchining 1998 yilda Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA) finalida kiygan maykasi o‘tgan yili 10,1 million dollarga sotilgan edi.

2021 yilda esa Maykl Jordanning boshqa bir poyafzali,  Nike Air Ships krossovkasi  auksionda 1,47 million dollar evaziga o‘zining yangi egasini topgandi.

Maykl Jordan MBAning oltita final uchrashuvida g‘olib bo‘lgan, ikki marta olimpiada oltin medaliga munosib ko‘rilgan va yana ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. U barcha zamonlarning eng buyuk sportchilaridan biri hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Maykl Jordan

Aloqador xabarlar