Yevropa chempioni Burhan Akbudak oltin medalini zilzila qurbonlariga bag'ishladi

Xorvatiya poytaxti Zagrebda o'tkazilgan kurash bo'yicha Yevropa chempionatida Turkiya milliy kurashchisi Burhan Akbudak yunon-rum uslubida 82 kilogramm vazn toifasidagi kurashda oltin medalni qo'lga kiritdi.

1978469
Yevropa chempioni Burhan Akbudak oltin medalini zilzila qurbonlariga bag'ishladi

 

Yevropa chempioni Kahramanmarashlik milliy kurashchi Burhan Akbudak oltin medalini zilzila qurbonlariga bag'ishladi.

Xorvatiya poytaxti Zagrebda o'tkazilgan kurash bo'yicha Yevropa chempionatida Turkiya milliy kurashchisi Burhan Akbudak yunon-rum uslubida 82 kilogramm vazn toifasidagi kurashda oltin medalni qo'lga kiritdi.

Turkiya kurash federatsiyasi tomonidan berilgan ma'lumotga ko'ra, milliy kurashchi Burhan Akbudak Xorvatiyaga so'nggi jahon chempioni unvoni bilan kelganiga e'tibor qaratdi.

"Bu yerga kelishdan oldin yagona maqsadim Yevropa chempioni bo'lish edi, Allohga shukur, muvaffaqiyatga erishdim. Kahramanmarash farzandi sifatida ushbu medalni zilzila qurbonlariga taqdim etaman. Bu yerda zilzila qurbonlari haqida o'ylash menga turtki berdi. Men Kahramanmarashdagi zilzilalarda halok bo'lganlar uchun maydonga chiqdim. Shahid polvon birodarlarimiz uchun maydonga chiqdim. Ular uchun chempionlikni qo‘lga kiritdim”,- dedi u.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Burhan Akbudak

Aloqador xabarlar