“Manchester Siti” “Vest Xem Yunayted”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi
“Manchester Siti” ketma-ket 9-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va ochkolari sonini 79taga yetkazdi va “Arsenal”dan bir ochkoga o‘zib ketdi.
1982499
Angliya premer-ligasi doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Vest Xem Yunayted”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
APLning 34-haftasida “Manchester Siti” “Etihad” stadionida “Vest Xem Yunayted”ni 50-daqiqada Natan Ake, 70-daqiqada Erling Xoland va 85-daqiqada Fil Foden kiritgan gollar evaziga mag‘lub etdi.
Xoland 35 ta gol bilan Premer-ligada bir mavsumdagi eng yaxshi to'purarga aylandi.
Norvegiyalik futbolchi 34 tadan gol bilan Alan Shirer va Endi Koulni ortda qoldirdi.
“Manchester Siti” ketma-ket 9-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va ochkolari sonini 79taga yetkazdi va “Arsenal”dan bir ochkoga o‘zib ketdi.
"Vest Xem Yunayted" 34 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda.