Istanbul ertaga Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qiladi

Manchester Siti va Inter ertaga 22:00 da Otaturk olimpiya stadionida Yevropa chempionligi uchun o'zaro kuch sinashadi.

1997661
Istanbul ertaga Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qiladi

 

Istanbul 18 yil ichida ikkinchi marta Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qiladi.

Otaturk olimpiya stadioni yana Angliya va Italiya jamoalarining final uchrashuviga mezbonlik qiladi.

Manchester Siti va Inter ertaga 22:00 da Otaturk olimpiya stadionida Yevropa chempionligi uchun o'zaro kuch sinashadi.

Taksim maydoniga qo'yilgan ulkan futbol to'pi maketi va UEFA Chempionlar Ligasi kubogi maketiga mahalliy va xorijlik sayyohlar katta qiziqish ko'rsatmoqda.

Istanbul bo'g'azidagi "15 iyul shahidlari ko'prigi" ikki jamoaning bayroqlari bilan bezatildi.

Manchester Siti va Inter jamoalari o'zlariga ajratilgan mehmonxonalarga kelib joylashdi.

60 mingdan ortiq futbol ishqibozi tomosha qiladigan o'yindan iqtisodiy foyda ham katta bo'ladi.

Ushbu tadbir Istanbulga 75 million yevro olib kelishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Chempionlar Ligasi , #Istanbul

Aloqador xabarlar