“Manchester Siti” va “Inter” YeCHLda chempionlik uchun bellashdi

Kecha Istanbulning “Otaturk Olimpiya stadioni”da klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqa Yevropa chempionlar ligasi final o‘yini o‘tkazildi.

1998055

Finalda Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi Italiyaning “Inter” klubiga qarshi o‘ynadi. 

Hal qiluvchi bahsda maydonga tushgan rimliklar va inglizlar bunga qadar hech qanday rasmiy o‘yinlarda uchrashmagandi. Yevropa klublarining bosh sovrini uchun 68-final bo‘ladigan bu o‘yin Turkiyaga 80 ming futbol ishqibozini jalb qildi. 

Mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da boshlangan bahsni polshalik hakam Simon Marchinyak boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib bordi. 

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” 2021 yilda bir marta hal qiluvchi o‘yinda qatnashgan va “Chelsi”ga imkoniyatni boy bergan. “Inter” esa 5 ta final o‘yinida maydonga chiqib, 3 marta Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Tanlangan kalimalar: #Manchester Siti , #Istanbul

Aloqador xabarlar