O'zbek futbolchi Turkiyaning “Galatasaray” klubiga o'tishi mumkin

Istanbul klubi 27 yoshli o'zbekistonlik “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovni “Galatasaray” klubiga taklif qilishga nihoyatda qiziqish bildirmoqda.

2004565
O'zbek futbolchi Turkiyaning “Galatasaray” klubiga o'tishi mumkin

 

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyaning “Galatasaray” klubida davom ettirishi mumkin.

Xabarga ko'ra, Istanbul klubi 27 yoshli hujumchini taklif qilishga nihoyatda qiziqish bildirmoqda. E'tiborlisi, Shomurodov Turkiya Superligasida legioner hisoblanmaydi – qoida O'zbekiston pasportiga ega bo'lgan futbolchilarga taalluqli emas.

O'tgan mavsumda Eldor Shomurodov Italiyaning “Roma” va “Spetsiya” klublarida o'ynadi: u 24 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 6 million yevroga baholamoqda.

 

 



Aloqador xabarlar