Stiven Jerrard Saudiya Arabistoni "Al-Ittifoq" klubining taklifini qabul qildi

Dastlab angliyalik mutaxassis ishlashdan bosh tortdi, ammo Saudiya klubi vakillari Jerrardga ikkinchi taklif bilan chiqishdi va uni jamoani boshqarishga ko‘ndirishgan.

2006608
Stiven Jerrard Saudiya Arabistoni "Al-Ittifoq" klubining taklifini qabul qildi

 

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi, "Aston Villa" va "Reynjers" sobiq bosh murabbiyi Stiven Jerrard Saudiya Arabistoni "Al-Ittifoq" klubining taklifini qabul qilgan.

Qayd etilishicha, "Fenerbaxche" bilan xayrlashgan portugaliyalik murabbiy Xorxe Jezus "Al Hilol" bilan shartnoma imzolaganidan so'ng, Stiven Jerrardning transferi "Al-Ittifak"dan bo'ldi. Dastlab angliyalik mutaxassis ishlashdan bosh tortdi, ammo Saudiya klubi vakillari Jerrardga ikkinchi taklif bilan chiqishdi va uni jamoani boshqarishga ko‘ndirishgan. "Al-Ittifoq" boshliqlari Jerrardga jamoani yulduz futbolchilar bilan to‘ldirishga va’da berishdi.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi Aston Villa edi. U 2022 yilning oktyabrida klubdan bo‘shatilgan edi. Bungacha Stiven "Reynjers"da ishlagan.

OAVda uning "Kristal Pelas" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni chempionatida Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Berat O'zdemir va Marsel Tisserand to‘p surmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Stiven Jerrard

Aloqador xabarlar