"Beshiktosh" Daniel Amartey bilan 2+1 yillik shartnoma imzolaydi

Ma'lumotga ko'ra, “Lester Siti” bilan shartnomasi yakunlangan ganalik himoyachi bilan 2+1 yillik shartnoma imzolanadi.

2010681
"Beshiktosh" Daniel Amartey bilan 2+1 yillik shartnoma imzolaydi

 

"Beshiktosh" jamoasi "Lester Siti" bilan shartnomasi nihoyasiga yetgan ganalik futbolchi Daniel Amartey bilan 2+1 yillik shartnoma imzolaydi.

Mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Beshiktosh" jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Ma'lumotga ko'ra, “Lester Siti” bilan shartnomasi yakunlangan ganalik himoyachi bilan 2+1 yillik shartnoma imzolanadi.

28 yoshli futbolchi salomatligini tekshirgandan so'ng Germaniyadagi mashg'ulot lageriga jo'nab ketadi. 

Amartey o'tgan mavsumda Premer-liganing 24 o'yinida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'lgan.


Tanlangan kalimalar: #Daniel Amartey , #Beshiktosh

Aloqador xabarlar