O'zbekiston “Turkish Open-2023” turnirida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

Turkiyaning Anqara shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘ninchi bor o‘tkazilgan mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

2010695
O'zbekiston “Turkish Open-2023” turnirida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

 

Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari “Turkish Open-2023” turnirini umumiy hisobda 8 ta medal bilan yakunladi.

Turkiyaning Anqara shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘ninchi bor o‘tkazilgan mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

Murosasiz kechgan bellashuvlar davomida terma jamoamiz a’zolaridan Nikita Rafalovich, Jasur Jaysunov, Madinabonu Mannopova, Najmiddin Qosimxo‘jayev va Omonjon Otajonov "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarining muhim reyting ochkolariga ega bo‘ldi.  

Musobaqada g‘olib va sovrindorlikka erishgan yosh taekvondochilarimiz Laylo Hasanova, Islom Akchurin, Azizbek Sattorov Anqarada o‘tgan janglar orqali xalqaro tajribasini oshirishga muvaffaq bo‘ldi.  

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili tashkil etilgan “Turkish Open” turnirida O'zbekiston taekvondochilari 2 ta kumush hamda 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.  


Tanlangan kalimalar: #Turkish Open-2023 , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar