O'zbek futbolchi Turkiyaning “Rizespor” jamoasiga o‘tishi mumkin

Manbaga ko‘ra, “Rizespor” O'zbekistonning “Nasaf” klubi a’zosi Husniddin Aliqulov bilan kelishuvga erishgan.

2019680
O'zbek futbolchi Turkiyaning “Rizespor” jamoasiga o‘tishi mumkin

 

“Nasaf” klubi a’zosi Husniddin Aliqulov Turkiya klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Aliqulovga “Rizespor” jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda “Ajansspor.com” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Rizespor” Aliqulov bilan kelishuvga erishgan. Endi ikki davlat klubi murosaga kelishi kerak. 

Aliqulov “Nasaf” klubi safida umumiy 119 marta maydonga tushib, 15 gol va 6 golli uzatmaga mualliflik qildi. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 12 marta o‘ynagan. Joriy mavsum “Nasaf” jamoasi safida 14 ta o‘yinda ishtirok etgan 24 yoshli himoyachi 5 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Eslatma: Avvalroq aynan Turkiya chempionatida to‘p tepuvchi o‘zbekistonlik futbolchi Otabek Shukurovga Italiya klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Shukurovning xizmatlariga Eldor Shomurodovning sobiq klubi “Jenoa” qiziqish bildirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Nasaf , #Rizespor , #Husniddin Aliqulov

Aloqador xabarlar