Mete Gazoz jahon chempioni bo‘ldi

Turk Milliy kamonchi Mete Gazoz jahon chempioni bo‘ldi.

2020877
Mete Gazoz jahon chempioni bo‘ldi

Turk Milliy kamonchi Mete Gazoz Germaniyada kamondan otish bo‘yicha uyushtirilgan jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi klassik kamon finalida kanadalik Erik Petersni 6-4 hisobida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Poytaxt Berlinda bo‘lib o‘tgan musobaqaning chorak finalida chililik Rikardo Sotoni 6-2 hisobida mag‘lub etgan milliy sportchi, yarim finalga ko‘tarildi.

Unda, braziliyalik Markus D’Almeydani 7-3 hisobida mag‘lub etgan Mete bu orqali ham finalga yo‘l oldi ham da 2024-yilgi Parij Olimpiadasi uchun kvota oldi.

Mete finalda kanadalik Erik Petersni 6-4 hisobida mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi.



Aloqador xabarlar