Yevropa Paralimpiya chempionatida Dondu Yeshilyurt oltin medal sohibi bo'ldi

Niderlandiyada o‘tkazilayotgan Yevropa Paralimpiya chempionatining ikkinchi kunida turk paradzyudochilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

2022668

Rotterdamda o'tkazilgan turnirda Turkiyaga ilk oltin medalni Dondu Yeshilyurt taqdim etdi.

Ayollar para dzyudo bo'limida 57 kilogramm vazn toifasida Dondu Yeshilyurt, 70 kilogramm vazn toifasida Merve Uslu va +70 kilogramm toifasida Nazan Akin Gunesh oltin medalni qo'lga kiritdi.

Erkaklar J1 toifasida 90 kilogrammda Yasin Chimjiler, +90 kilogrammda Onur Tashtan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Erkaklar J2 toifasida Ibrohim Bolukbashi +90 kilogrammda uchinchi o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, paradzyudo bo‘yicha musobaqalarning ikkinchi kunida Turkiya 6 medalni qo‘lga kiritdi.

Ikki kun yakuniga ko‘ra, milliy paradzyudochilar 1 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronzadan 9 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Yevropa Paralimpiya chempionati 20-avgust kuni o'z nihoyasiga yetadi.

Aloqador xabarlar