Andres Inesta “Emirates Club” jamoasi bilan shartnoma imzoladi

Yaqinda Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasida to'p surgan ispaniyalik futbolchi Andres Inesta 39 yoshida Birlashgan Arab Amirliklarining "Emirates Club" jamoasiga o'tdi.

2022891
Andres Inesta “Emirates Club” jamoasi bilan shartnoma imzoladi

 

Afsonaviy ispaniyalik yarim himoyachi Andres Inesta Birlashgan Arab Amirliklarining “Emirates Club” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Yaqinda Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasida to'p surgan ispaniyalik futbolchi Andres Inesta 39 yoshida Birlashgan Arab Amirliklarining "Emirates Club" jamoasiga o'tdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi besh mavsumni Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida o‘tkazgan 39 yoshli futbolchi Andres Inesta 8 avgust kuni BAA klubi bilan bir mavsum uchun, 2024 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolagan. 

Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoga ko‘ra, forvard Amirliklar bilan “1+1” ko‘rinishidagi bitimni ma’qullagan, ya’ni “Emireyts”da sharnomani yana bir yilga uzaytirish huquqi mavjud.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik umrining 22 yilini “Barselona”da o‘tkazgan va klub bilan 32 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Inesta Ispaniya terma jamoasi tarkibida 131 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, bu muddat ichida ikki marta Yevropa va bir marta Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Shuningdek, uning hisobida yapon klubi bilan ham ikkita yirik sovrin bor.

39 yoshli yulduz futbolchi FIFA 2010 Janubiy Afrikada kubokni ko'targan.


Tanlangan kalimalar: #Andres Inesta

Aloqador xabarlar