Shvetsiya Yaponiya jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi

Shvetsiyaning gollarini 32-daqiqada Amanda Ilestedt, 51-daqiqada Filippa Anxeldal penaltidan kiritdi.

2023443
Shvetsiya Yaponiya jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi

 

FIFA 2023 ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati chorak finalida Shvetsiya Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalda Ispaniyaga raqib bo‘ldi.

Yangi Zelandiyaning Oklend shahridagi “Eden Park” stadionida Shvetsiya va Yaponiya terma jamoalari to‘qnash kelishdi.

Shvetsiyaning gollarini 32-daqiqada Amanda Ilestedt, 51-daqiqada Filippa Anxeldal penaltidan kiritdi.

Riko Ueki penaltidan unumli foydalana olmagan yaponiyaliklarning yagona golini 76-daqiqada Xonoka Xayashi kiritdi.

Turnirning boshqa chorak finalida ertaga Avstraliya-Frantsiya va Angliya-Kolumbiya o'yinlari o'tkaziladi.


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #FIFA

Aloqador xabarlar