Roberto Manchini Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Italiya terma jamoasi 58 yoshli tajribali murabbiy Roberto Manchini yetakchiligida "Evro-2020"da chempionlikni qo'lga kiritgandi.

2024171
Roberto Manchini Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

 

Roberto Manchinining Italiya terma jamoasidagi faoliyati yakuniga yetdi.

58 yoshli murabbiy Roberto Manchini bilan Italiya futbol federatsiyasi o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng shunday qarorga kelingan.
2018-yilda Italiya terma jamoasiga murabbiylikni zimmasiga olgan Roberto Manchini jamoasi bilan "Evro-2020"da chempionlikni qo'lga kiritgandi.

Tajribali murabbiy qo‘l ostida 61ta o'rtoqlik uchrashuvini o‘tkazgan Italiya terma jamoasi 39 marta g‘alaba, 13 marta durang va 9 marta mag‘lubiyat qayd etgan.


Tanlangan kalimalar: #Roberto Manchini

Aloqador xabarlar