FIBA ​​olimpiya saralash turnirida Turkiyaning raqibi Shvetsiya bo'ldi

C guruhini peshqadamlik bilan yakunlagan Turkiya Milliy terma jamoasi 18-avgust, juma kuni soat 20:00da Sinan Erdem sport zalidagi yarim finalda Shvetsiya bilan bellashadi.

2025821
FIBA ​​olimpiya saralash turnirida Turkiyaning raqibi Shvetsiya bo'ldi

 

Turkiya mezbonlik qilayotgan FIBA ​​olimpiya saralash turnirida Turkiya A Milliy erkaklar basketbol jamoasining yarim finaldagi raqibi Shvetsiya bo'ldi.

Sinan Erdem sport zalida o'tkazilgan o'yinda Belgiyani 79-78 hisobida mag'lub etib, D guruhini Xorvatiyadan keyin ikkinchi o'rinda yakunlagan Shvetsiya yarim finalga yo'l oldi.

Islandiya, Bolgariya va Ukrainaga qarshi o‘tkazgan 3 uchrashuvda ham g‘alaba qozongan va C guruhini peshqadamlik bilan yakunlagan Turkiya Milliy terma jamoasi 18-avgust, juma kuni soat 20:00da Sinan Erdem sport zalida yarim finalda Shvetsiya bilan bellashadi.

“D” guruhidagi so‘nggi o‘yinda Niderlandiyani 89-81 hisobida mag'lub etgan Xorvatiya, yarim finalda “C” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan Ukraina bilan o‘ynaydi.

Xorvatiya – Ukraina uchrashuvi 18-avgust, juma kuni Turkiya vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Turnirning final uchrashuvi esa, 20-avgust, yakshanba kuni Turkiya vaqti bilan soat 20:00da bo‘lib o‘tadi.


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Turkiya , #FIBA

Aloqador xabarlar