O‘zbek velopoygachilar Turkiyadagi xalqaro musobaqada oltin va bronza medali sohibi bo'ldi

Turkiyada veloshosse bo‘yicha "Grand Prix Keyseri" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

2028774
O‘zbek velopoygachilar Turkiyadagi xalqaro musobaqada oltin va bronza medali sohibi bo'ldi

 

Turkiyada veloshosse bo‘yicha "Grand Prix Keyseri" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Milliy Olimpiya  qo‘mitasi  maʼlumotiga ko‘ra, mazkur turnirda  ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

88,2 km masofani tashkil etgan poygada Olga Zabelinskaya marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Uchinchi natijani qayd etgan Yanina Kuskova esa bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, mazkur poygada startga chiqqan Margarita Misyurina 4, Nafosat Koziyeva 5, Shahnoza Abdullayeva sakkizinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Grand Prix Keyseri , #Turkiya

Aloqador xabarlar