Turkiya milliy taekvondochilari 6 ta medalni qo'lga kiritdi

Estoniyada taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining birinchi kunida Turkiya milliy taekvondochilari jami 6 medalni qo‘lga kiritdi.

2028935
Turkiya milliy taekvondochilari 6 ta medalni qo'lga kiritdi

 

O‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida Turkiya milliy taekvondochilari 6 ta medalni qo'lga kiritdi. Ulardan 2 tasi oltin...

Estoniyada taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining birinchi kunida Turkiya milliy taekvondochilari jami 6 medalni qo‘lga kiritdi.

Poytaxt Tallin shahrida Yevropa taekvondo ittifoqi (ETU) tomonidan o'tkazilgan taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining birinchi kunida 7 toifada musobaqalar o‘tkazildi.

Qizlar o'rtasida 42 kg vazn toifasida Ayshe Orhan va 44 kg vazn toifasida Hayrunnisa Gurbuz Yevropa chempioni bo'ldi.

Erkaklar o'rtasida 48 kilogrammda Kaan Yelaldi, 51 kilogrammda Emre Talha Evin va +78 kilogrammda Ruzgar Yalchin kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, 45 kilogrammda Berke Erbulut bronza medal bilan chempionlikni yakunladi.


Tanlangan kalimalar: #taekvondo , #Turkiya

Aloqador xabarlar