Voleybol bo‘yicha Turkiya ayollar terma jamoasi chorak finalga yo‘l oldi

Voleybol bo‘yicha Turkiya ayollar milliy terma jamoasi Yevropa chempionati bahslarida raqibi Belgiya jamoasini 3-1 hisobida mag‘lub etdi.

2029896
Voleybol bo‘yicha Turkiya ayollar terma jamoasi chorak finalga yo‘l oldi

 

Voleybol bo‘yicha Turkiya ayollar terma jamoasi Yevropa chempionatida shaxdam qadam bilan ildamlamoqda.

So‘nggi 16 turda Belgiya bilan to‘qnash kelgan Turkiya jamoasi raqibini 3-1 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

Turkiya jangning birinchi setini juda yaxshi boshladi.

Himoyada ham, hujumda ham samarali harakat qilgan jamoa Melissa Vargas boshchiligida ochkolari sonini 6 taga yetkazdi.

Shu daqiqadan boshlab raqibiga qaytish imkoniyatini bermagan Turkiya terma jamoasi 25:22 ochko bilan 1:0 hisobida oldinga chiqib oldi.

Bellashuvning ikkinchi setida Belgiya ustunlikka erishdi va setda 25:16 hisobida g‘alaba qozondi.

Turkiya uchinchi setda yana o'yinda ustunlik qildi.

Belgiya jamoasiga qaraganda kamroq xatoga yo'l qo'ygan Turkiya terma jamoasi 25-15 ochko bilan 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi.

Uchrashuvning 4-seti o‘zaro ochkolar bilan boshlandi.

Uzoq vaqt davomida durang buzilmagan bo'lsada, ko'rsatgich 7-7 ga yetdi.

Shu daqiqadan boshlab bloklar bilan samarali harakat qilgan Belgiya oradagi farqni 3 ochkoga yetkazgan bo'lsa ham, Turkiya ajoyib tarzda oldinga chiqib oldi.

Himoyada muvaffaqiyatli bo'lgan Turkiya jamoasi bahsda 32:30 va 3:1 hisobida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.

Musobaqada ustunlikka erishgan voleybol bo‘yicha Turkiya ayollar milliy terma jamoasi chorak finalda Polsha bilan kuch sinashadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar