O'zbekistonlik gimnastikachi Turkiyada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Turkiyaning Mersin shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chellenj kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.

2032999
O'zbekistonlik gimnastikachi Turkiyada oltin medalni qo‘lga kiritdi

 

Turkiyaning Mersin shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chellenj kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.

Milliy Olimpiya  qo‘mitasi  maʼlumotiga ko‘ra,  mazkur turnirda  ishtirok etgan hamyurtimiz,  tajribali  sport gimnastikachi  Oksana Chusovitina oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz ayollar o‘rtasidagi tayanib sakrash dasturida barcha raqibalarini  ortda  qoldirdi.

Oksana Chusovitina o‘zining sevimli dasturida 13.067 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda turkiyalik Bengisi Yildiz va Cheren Binerga nasib etdi.


Tanlangan kalimalar: #Oksana Chusovitina

Aloqador xabarlar