Turkiya terma jamoasi Yaponiyaga 4:2 hisobida mag'lub bo'ldi

Belgiyaning Genk shahridagi “Cegeka Arena”da bo‘lib o‘tgan matchda Niderlandiya futbol federatsiyasi vakili Allard Lindxout hakamlik qildi.

2036755
Turkiya terma jamoasi Yaponiyaga 4:2 hisobida mag'lub bo'ldi

 

Futbol bo‘yicha Turkiya terma jamoasi Belgiyada o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Yaponiyaga 4:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"TRT 1" telekanalida namoyish etilgan matchda Turkiya jamoasining gollariga Ozan Kabak va Bertug Yildirim mualliflik qildi.

EURO 2024 saralash bahslari D guruhida haftani ortda qoldirgan Turkiya, tayyorgarlik matchida Yaponiya bilan to'qnash keldi.

Belgiyaning Genk shahridagi “Cegeka Arena”da bo‘lib o‘tgan matchda Niderlandiya futbol federatsiyasi vakili Allard Lindxout hakamlik qildi.

Yaponiyaga g‘alaba keltirgan gollarni 15-daqiqada Atsuki Ito, 28 va 36-daqiqada Keyto Nakamura, 78-daqiqada Junya Ito penaltidan kiritdi.

Turkiya terma jamoasining gollari 44-daqiqada Ozan Kabak va 61-daqiqada Bertug Yildirim tomonidan kiritildi.

Yaponiya Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ham maydonni 4:1 hisobida g‘alaba bilan tark etgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya terma jamoasi

Aloqador xabarlar