Voleybol bo‘yicha Turkiya ayollar terma jamoasi yana g‘olib bo‘ldi

Millatlar ligasi va Yevropa chempioni sifatida jahon reytingida “1-o‘ringa” ko‘tarilgan milliy voleybolchi ayollar terma jamoasi, “Parij – 2024” olimpiadasi saralash bosqichida ham g‘alabani qo‘lga kiritdi.

2041402
Voleybol bo‘yicha Turkiya ayollar terma jamoasi yana g‘olib bo‘ldi

Voleybol bo‘yicha Turkiya ayollar terma jamoasi “Parij – 2024”olimpiadasiga mag‘lubiyatsiz yo‘l olmoqda.

Millatlar ligasi va Yevropa chempioni sifatida jahon reytingida “1-o‘ringa” ko‘tarilgan milliy voleybolchi ayollar terma jamoasi, “Parij – 2024” olimpiadasi saralash bosqichida ham g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Oltinchi musobaqada Yaponiyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, “Parij – 2024” olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni kafolatlagan voleybol bo‘yicha Turkiya ayollar terma jamoasi, Tokiodagi saralash bosqichidagi yettinchi va so‘nggi uchrashuvida Belgiya bilan kuch sinashdi.

Unda raqibini 3-0 hisobida magʻlub etgan jamoamiz, yetti musobaqan ham g‘olib chiqib, “B” guruhini lider sifatida yakunladi.

Ketma - ket 22 – musobaqasida ham g‘alabaga erishgan milliy terma jamoa, shu orqali ketma-ket ikkinchi va umumiy hisobda uchinchi marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadilar.



Aloqador xabarlar