Jahon Uyg’ur Yoshlari Xalqaro Futbol turnirining finalistlari...

Turkiya, Amerika, Germaniya, Belgiya, Gollandiya, Norvegiya, Shvedsiya, Qozog’iston, Qirg’iziston davlatlaridan kelgan uyg’ur terma jamoalari final uchun bellashdi.

97567
Jahon Uyg’ur Yoshlari Xalqaro Futbol turnirining finalistlari...

Jahon Uyg’ur Yoshlari Xalqaro Futbol turnirining finalistlari ma’lum bo’ldi.
Turkiya, Amerika, Germaniya, Belgiya, Gollandiya, Norvegiya, Shvedsiya, Qozog’iston, Qirg’iziston davlatlaridan kelgan uyg’ur yoshlari xalqaro futbol terma jamoalari final uchun bellashdi.
16 iyun kuni Kayseridagi “Vali Nihat Janpo’lat” nomidagi sport markazida bo’lib o’tgan futbol musobaqalari katta hayajon bilan o’tkazildi.
A guruhidan Qozog’iston va Qirg’iziston uyg’ur futbol terma jamoalari, B guruhidan esa, Germaniya va Gollandiya uyg’ur futbol terma jamoalari finalda o’ynashga muvaffaq bo’ldi.
Qozog’iston, Qirg’iziston, Germaniya va Gollandiya uyg’ur futbol terma jamoalari bugun Jahon Uyg’ur Ozodlik kubogini qo’lga kiritish uchun bellashadi.
Bugun Qozog’iston-Germaniya uyg’ur futbol terma jamoalari bilan Qirg’iziston-Gollandiya uyg’ur futbol terma jamoalari o’rtasida kuchli bellashuv bo’lib o’tadi.
Ertaga o’tkaziladigan kubog marosimida Jahon Uyg’ur Ozodlik kubogi sohiblari e’lon qilinadi.
1- Jahon uyg’ur yoshlari xalqaro futbol turniri 2011 yilning 27-30 iyul kunlari Gollandiyada o’tkazilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar